Jasur Umirov - Erkak Yig'lamasin (Qo`shiq Matni)

Jasur Umirov - Erkak Yig'lamasin (Qo`shiq Matni)

На этой странице вы можете скачать Текст песни «Jasur Umirov - Erkak Yig'lamasin (Qo`shiq Matni)» для оффлайн прослушивание и прослушать песню онлайн в отличном качестве 192Kbps. Для того, чтобы загрузить песню в формате MP3 без ограничений, нажмите на «Скачать Jasur Umirov - Erkak Yig'lamasin (Qo`shiq Matni)» или нажмите на «Скачать из Telegram», чтобы скачать из нашего Telegram канала. Также вы всегда можете прослушать трек, нажав по кнопке «Слушать». Также вы можете найти «Похожие композиции».
Здесь вы найдёте все mp3 и клипы Jasur Umirov.
Berar ham xudodir, olar ham xudo
Erkak yig'lamasin, davlat ketsa ham
Hech kimsa bo'lmasin baxtidan judo
Erkak yig'lamasin, omad ketsa ham

Berganda shukur qil, olganda sabr
Shoshilib o'zinga qazmagin qabr
Yigitchilik darsin o'qimasdan axir
Erkak yig'lamasin, faqat sinsa ham

Yiqilsang ustingdan kuladi nomard
Aslida aybing yo'q biladi nomard
Shoshma, o'zi qaytib keladi nomard
Erkak yig'lamasin, dushman kulsa ham

Yigitning parvozda qanoti do'stdur
Yigitning so'ngida najoti do'stdur
Yigitning hayoti mamoti do'stdur
Yigit yig'lamasin, chin do'st ketsa ham

Pul bor joyda biling do'st bor dushman bor
Pul bor joyda biling rost bor yolg'on bor
Pul bor joyda biling nas bor shayton bor
Erkak yig'lamasin, do'st pand bersa ham

Onasin haqorat qilganni ko'rdik
Xotini xiyonat qilganni ko'rdik
Farzandi jiyonat qilganni ko'rdik
Erkak yig'lamasin, shu dard kelsa ham

Yiqilganda qochsa qalmi-qarindosh
Ey yigit sinmagin egib yurma bosh
Belga belboq bo'lsin doim sabr va bardosh
Erkak yig'lamasin, madad ketsa ham

Kimdir ko'rolmasa turgan joyingni
Boshing silab mo'ljallasa poyingni
Ulfat bo'lib og'ulatib choyingni
Erkak yig'lamasin, kim past ketsa ham

Tillaga o'ch bo'lmoq ayolning kasbi
Er yigit haromdan qochadi asli
O'ksinmas yo'qotsa duru zo'r qasri
Erkak yig'lamasin, boylik ketsa ham

Boylik adashmoqlik uchunmi ayting
Boylik hatto baxtdan ustunmi ayting
Boylik bu hayot mazmunimi ayting
Erkak yig'lamasin, g'iybat bo'lsa ham

Vaxting kesmoq bo'lar ichi qoralar
Sochinga shu g'amdan ming oq oralar
Cho'ntakdan pul qochsa tiling poralar
Erkak yig'lamasin, quvvat ketsa ham

Boshiga ming sinov zinoat kelsa
Ko'zdan uyqu qochib halovat ketsa
Ishlaring yurishmay boshga dard kelsa
Erkak yig'lamasin, rohat ketsa ham

Bir manman maqtansa o'rtaga kirib
Mandan zo'ri yo'q deya ko'ksini kerib
Kamsitmoq bo'lsa gar seni past ko'rib
Erkak yig'lamasin, yo'qchilikda ham

Dardingni berar ham, olar ham o'zi
Sarg'aymasin qarzdan hech kimning yuzi
Mehnatdan to'xtama vaqt o'zi qozi
Erkak yig'lamasin, ming qarz bo'lsa ham

Eshitgin ey do'stim dilda ovozimni
Qiynamasin farzand dog'i hech kimni
Erkak yig'lamasin, farzand ketsa ham
Jigarbandi uni tashlab ketsa ham

Erkak yig'lamasin, farzand ketsa ham
Jigarbandi uni tashlab ketsa ham

Berar ham xudodir, olar ham xudo
Erkak yig'lamasin, davlat ketsa ham
Hech kimsa bo'lmasin baxtidan judo
Erkak yig'lamasin, omad ketsa ham

Erkak yig'lamasin, omad ketsa ham
MUZTV.NET - слушать музыку онлайн. © 2014-2022